O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dzyudo: Bekzod To‘raboyev faxriylar o‘rtasida jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi

2021-10-25 | Sport

Kecha Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Quvonarisi, musobaqada -90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Bekzod To‘raboyev kumush medalga sazovor bo‘ldi.

B.To‘raboyev musobaqada ispaniyalik Alvares, braziliyalik Barboza, ukrainalik Kalchenkoni mag‘lubiyatga uchratgan holda finalga yetib bordi, ammo hal qiluvchi bahsda mezbon sportchi Bruno Silva imkoniyatni boy berdi. Shunday bo‘lsa-da, To‘raboyev dzyudo bo‘yicha faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

To‘rt kun davomida Portugaliya poytaxti Lissabon shahri dzyudo bo‘yicha faxriylar o‘rtasida jahon chempionatida mezbonlik qildi. Shuni alohida taʼkidlash joiz, O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor ushbu musobaqada ishtirok etdi. Mamlakatimiz dzyudosi tarixida shu kunga qadar hech kim faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida tatamiga chiqmagan edi. Lekin ilk urinishdayoq terma jamoamiz aʼzosi kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Jahon chempionatida hamyurtlarimizdan Jamshid Fayziyev (-100 kg) kuchli beshlikdan joy olgan bo‘lsa, -81 kg vazndagi dzyudochimiz Jahongir Eshmanov 7-o‘rin bilan cheklandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться