O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tadbirkor ayollar" haftaligi o‘tkaziladi

2021-10-25 | Jamiyat

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi 30 yoshda.

Tashkilot o‘tgan vaqt mobaynida tajriba orttirdi, O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligi harakatining chinakam lokomotiviga aylandi.

bugungi kunda  Assotsiatsiyaning 68 ta hududiy bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, ularda 200 nafar mutaxassis jamoatchilik asosida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.

Assotsiatsiya tomonidan mahalliy va xalqaro institutlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Natijada 60,3 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik malakasiga ega bo‘lib, ularning 80 foizi ish bilan ta’minlandi. 50 ming nafardan ziyod ayol biznes yuritish asoslari va metodikasiga o‘rgatilib, o‘z bizneslarini tashkil etdi.

15 - 19 noyabr kunlari poytaxtimizda “Ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga muvaffaqiyatli yondashuvlar: O‘zbekiston va jahon hamjamiyati tajribasi” mavzusida tadbirkor ayollar haftaligi o‘tkaziladi.

Ushbu haftalikning o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlab assotsiatsiyada davra suhbati tashkil etildi.

— Haftalikda ayollarning huquqiy - iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishda ishbilarmon doiralar va biznes hamjamiyatning o‘rni,  gender tengligi, kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni va tadbirkor ayollarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish masalalari muhokama etiladi, — deydi  “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi rahbari Gulnora Mahmudova. — Shuningdek, yurtimizga investitsiyalar jalb qilish, yaqin va uzoq xorij ishbilarmonlari bilan manfaatli savdo aloqalarini o‘rnatishda tadbirkor ayollarga ko‘maklashiladi. Mamlakat savdo–iqtisodiy, turistik imkoniyatlarini targ‘ib qilish o‘tkazilajak haftalikning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Haftalikda mamlakatimiz ishbilarmon ayollari bilan bir qatorda davlat va nodavlat tashkilotlar, xorijiy tashkilotlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari rahbarlari, qator mamlakat elchilari, xorijiy biznes ekspertlar, O‘zbekiston, Ukraina, Isroil davlatlari tadbirkorlik uyushmalari, ilmiy tadqiqot, xalqaro moliya institutlari, sug‘urta muassasalari va OAVlari ishtirok etadi.

Marosimda “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi faoliyatini yoritish bo‘yicha e’lon qilingan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: O'zA

Поделиться