O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax viloyatida navbatdagi Inkubatsiya va Akseleratsiya markazi ochildi
2021-10-22 | Jamiyat
Jizzax viloyatida IT-Park hamda Jizzax Davlat Pedagogika Instituti hamkorligida Inkubatsiya va Akseleratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ochilish dasturida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari qatnashishdi.
Ushbu markazda talabalarga o‘z startap loyihalarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy kompyuterlar va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.
Dastur davomida Inkubatsiya va Akseleratsiya markazida faoliyat olib boradigan talabalar o`zlarining startap loyihalarini dastur ishtirokchilariga va mutaxassislariga namoyish qilishdi hamda mutaxassislar tomonidan maslahat va qo`shimcha takliflar olishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi