O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Davlat moliyasini boshqarishda o'zaro o'rganish va tajriba almashish" (PEMPAL) tarmog'i doirasida Budjet savodxonligi va budjet shaffofligi bo'yicha tematik Ishchi guruhining videokonferensiya
2021-10-22 | Iqtisodiyot
PEMPAL Budjet Hamjamiyati doirasida faoliyat yuritayotgan budjet savodxonligi va budjet shaffofligi bo'yicha Ishchi guruhining "Budjet rejalashtirish jarayoni doirasida Moliya vazirliklariga tavsiya etilgan budjet savodxonligini oshirish va takomillashtirish yo'llari" mavzusidagi navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Davlat budjeti departamenti xodimlari tomonidan budjet shaffofligi va tashabbuskor budjetlashtirishni ta'minlash borasida O'zbekiston tajribasi haqida taqdimot namoyish etildi.
Budjet Hamjamiyatining Ishchi guruhi budjet savodxonligi darajasini oshirish, budjet to'g'risidagi axborotning ochiqligi va fuqarolarning unga kirishiga, shuningdek, budjet jarayonida jamoatchilikning ishtirokiga alohida e'tibor qaratmoqda.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad-ommaviy axborot vositalari va tashabbuskor fuqarolar tomonidan budjet to'g'risidagi ma'lumotlarning oshkoraligini tahlil qilish, budjet to'g'risidagi axborotni bir necha ishtirokchi mamlakatlar misolida tarqatishda zamonaviy yondashuvlar haqida ma'lumot almashish edi.
Ma'lumot uchun: "Davlat moliyasini boshqarishda o'zaro o'qitish va tajriba almashish" tarmog'i (PEMPAL) o'zaro ta'lim olish uchun platforma bo'lib, Yevropa va Markaziy Osiyoning 23 mamlakatidan davlat moliyasini boshqarish bo'yicha mutaxassis-amaliyotchilar o'rtasida professional tajriba va bilimlar almashinuviga ko'maklashadi (www.pempal.org). Bu ishtirokchilarga umumiy muammolarni hal qilish yondashuvlarini ishlab chiqish va mintaqa mamlakatlarida davlat moliyasini boshqarish tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Budjet Hamjamiyati PEMPAL tarmog'ining uchta tematik amaliyotchi hamjamiyatlardan biri hisoblanadi; uning maqsadi budjet siyosatini, metodologiyasini takomillashtirish va budjet shaffofligini oshirishdir.
Videokonferensiya dasturi quyidagilarni o'z ichiga oldi:
- jurnalistika hamjamiyatidan talab bo'yicha shaffoflik va budjet savodxonligini oshirish yo'llarini o'rganish.
- budjet ma'lumotlarini ommalashtirish va tashabbuskor budjetlashtirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tajribasini ko'rib chiqish.
- zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish nuqtai nazaridan Ukraina Moliya vazirligining ochiq budjet ma'lumotlarini taqdim etish tajribasi bilan tanishish.
- rejalashtirilgan "Bilim mahsuloti"ning mazmuni va formatini muhokama qilish.
Ushbu Videokonferensiyaning o'ziga xos xususiyati uning sessiyalaridan biri "davra suhbati" formatida o'tkazilganligi edi. Rejalashtirilgan taqdimotlar yakunlari bo'yicha budjet shaffofligi va tashabbuskor budjetlashtirish sohasida yuzaga keladigan muammolar muhokama qilindi,Jahon banki ekspertlari va a'zo davlatlar vakillari tomonidan taklif va izohlar berildi
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi