O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YUNESKO Ijroiya kengashi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan hujjatni qabul qildi

2021-10-22 | Siyosat

YUNESKO Ijroiya kengashi o‘zining navbatdagi 212-sessiyasini yakunladi.

Turizm va sport vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, uning doirasida O‘zbekiston tomonining YUNESKO Ijroiya kengashi tomonidan tasdiqlangan birinchi hujjati hisoblangan «Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni targ‘ib qilish» qarori loyihasi qabul qilindi.  

 YUNESKO Bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha o‘rinbosari, Xiva forumida ishtirok etish uchun YUNESKO delegatsiyasini boshqargan G.Ramos, shuningdek, hujjatning boshqa hammualliflari O‘zbekiston tomonga ushbu tashabbusni ilgari surgani uchun minnatdorlik bildirdi.  

 Bu davlatlar kelgusi yillarda «Xiva jarayoni» doirasida qo‘yilgan eng muhim vazifalarni bajarish uchun boshqa davlatlar qatorida O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik aloqalarni o‘rnatishga tayyor ekanliklari haqida ma’lum qilishdi.  

Manba: O'zA

Поделиться