O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shaxmatchilarimiz SHHT davlatlari ichida eng kuchlisi

2021-10-21 | Sport

Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo mamlakatlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “2021 SCO National Chess Online Team Tournament” onlayn xalqaro turniri tashkil etildi. Musobaqada sportchilar jamoviy tarzda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Turnir aylanma tizimda o‘tkazildi va unda 9 mamlakatdan (O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston) jami 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Mamlakatimiz jamoasi sharafini uch nafar grossmeysterimiz – Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev himoya qilishdi va umumiy 9 ta o‘yindan 7 tasida g‘alaba qozonishib, 2 tasida raqib bilan murosa yo‘lini tanlashdi. 

Vakillarimiz umumiy 20 ochko to‘plashgan holda SHHT mamlakatlari orasida eng kuchlisi ekanliklarini isbotlashdi. Musobaqada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Xitoyning ikki jamoasi egallashdi. To‘rtinchi o‘rinni rossiyaliklar 14,5 ochko bilan qo‘lga kiritishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться