O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yangi ilmiy loyihalar moliyalashtirilmoqda: noyob olma navlari, churraning yangicha davolash texnologiyasi, bugʻdoyning temir toʻplash xususiyatini kuchaytirish, kriptografik algoritmlar va buyumlar interneti boʻyicha tadqiqotlar
2021-10-20 | Innovatsiya
Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining nabatdagi yigʻilishida qator ilmiy loyihalar moliyalashtirildi. Shuningdek, yuqori kuchga ega boʻlgan statsionar akkumulyator yaratishga qaratilgan bitta startap loyihaga boshlangʻich mablagʻ ajratildi.
Mazkur loyihalar vazirlik tomonidan muntazam eʼlon qilib boriladigan tanlovlar doirasida kelib tushgan boʻlib, vazirlik huzuridagi tegishli ilmiy-texnik kengashlarning tavsiyasiga koʻra Hayʼatga kiritilgan. Loyihalarga berilgan ekspert xulosalarini inobatga olgan holda Hayʼat aʼzolari ochiq ovoz berish yoʻli bilan loyihalarni moliyalashtirishga tasdiqladilar.
2021-2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar roʻyxati: https://mininnovation.uz/oz/news/3577
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi