O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘ona yuqoriladi
2021-10-15 | Siyosat
Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Huquq ustuvorligi indeksining 2021-yilgi nashrida O‘zbekiston 14 pog‘ona yuqoriladi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, joriy yilgi nashrda O‘zbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga ko‘tarilib, bu borada eng yaxshi natija ko‘rsatgan uch davlatdan biriga aylandi.
Mazkur indeks tadqiqotlari 138 ming oila va 4 mingdan ortiq huquqshunos va mutaxassislar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazgan holda amalga oshirilib, unda 139 mamlakatdagi huquq ustuvorligi darajasi baholangan.
Ma’lumot uchun: Bu yil so‘rovda ishtirok etgan mamlakatlar soni 2020-yilga qaraganda 11 taga ortgan. Ya’ni, joriy yildagi nashrda Kongo Respublikasi, Gaiti, Irlandiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Paragvay, Slovakiya Respublikasi va Sudan kabi yangi mamlakatlar qo‘shilgan.
Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimiz umumiy reytingda 85-o‘ringa joylashtirildi:
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, ushbu indeks jahon miqyosida faqatgina huquq ustuvorligining ahvolini baholashga ixtisoslashgan yagona xalqaro reyting hisoblanib, o‘z navbatida, Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlari, Transparensi Intreneshnl tashkilotning Korrupsiyani qabul qilish indeksini shakllantirishda eng muhim axborot manbalaridan biri sanaladi.
Manba: O'zA