O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasining Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya instituti delegatsiyasi Toshkentga tashrifi

2021-10-14 | Siyosat

Rossiya Federatsiyasining Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya instituti delegatsiyasining Toshkentga tashrifi yuzasidan. 2017-yilda Rossiya Federasiyasi Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrtasida hamkorlik masalalari boʻyicha Memorraundum imzolangan.

Ushbu memorandum doirasida 2021-yilda “Rossiya Federasiyasi Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat moliyasini boshqarish soxasida texnik kumak va ilmiy-metodik qullab-quvvatlash bo`yicha kelishuv”(keyingi oʻrinda- Kelishuv) keyingi 3 yil muddatga imzolandi. Kelishuvga muvofik Moliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislarini jalb qilgan xolda rejalashtirilgan tadbirlarni tashkillashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-29-oktabr kunlari Rossiya Federasiyasi Moliya vazirligi xuzuridagi Ilmiy tadqiqot moliya instituti( keyingi oʻrinlarda-NIFI)ning 35 nafardan iborat delegasiyasining Oʻzbekistonga tashrifi boshlandi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Samvel Lazaryan O‘zbekistonning Moliya vazirligi hamkasblarini qutlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanligini ta’kidladi.

“2017-yildan buyon respublikada keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda va tashrif davomida muhokama qilinadigan barcha mavzular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hukumat va Moliya vazirligi oldiga qo‘ygan strategik vazifalarga to‘g‘ri kelganidan xursandman”, dedi Samvel Lazaryan. Ikki tomonlama hamkorlik dasturi o‘nta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, ularning har biri yuzasidan seminarlar va mahorat darslari rejalashtirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ham qayd etdi: “Biz uchun boy dastur hisoblanadi, bunday imkoniyatdan foydalanib, barcha uchrashuvlar samarali va xodimlarimizga foydali bo‘lishi uchun harakat qilamiz”. Tashrif doirasida NIFI mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar, tajriba almashish sessiyalari, tashabbusli byudjet buyicha malaka oshirish kursi va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilmokda. Bunda Oliy Majlis Senati vakillari, tegishli vazirlik va idoralar xamda OAV vakillari qatnashishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida e'lon qilingan suhbat va ma'lumotlar haqida ham ma'lumot beriladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться