O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston milliy mudofaa kolleji boshqaruv shtabi a’zosi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2021-10-13 | Siyosat

2021-yil 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Hindiston milliy mudofaa kolleji boshqaruv shtabi a’zosi general-mayor X.Pillay uchrashuv o‘tkazdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashdi. Oliy darajadagi samarali uchrashuvlar tashkil etildi, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalar jadal va samarali bo‘lmoqda, harbiy va harbiy-texnik sohalarda, shuningdek madaniy-gumanitar yo‘nalishda almashuvlar rivojlanmoqda.

H.Pillai so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarni modernizatsiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.

Ikki mamlakat harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Suhbatda Hindistonning mamlakatimizdagi elchisi Manish Prabhat ishtirok etdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться