O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Orolbo‘yi mintaqasining ekologik barqarorligini ta'minlash bo‘yicha ITSV va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

2021-10-13 | Ekologiya

Toshkentda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidovning BMTning O‘zbekistondagi Doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Yu Yu va BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matil'da Dimovska bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda BMT agentliklari o‘rtasida BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasi faoliyati doirasida kelgusidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
 
Jumladan, Trast jamg‘armasi tomonidan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha 3 tanlovning yo‘nalishlari hamda uni e'lon qilish sanalari ko‘rib chiqildi.
 
Shuningdek, tomonlar Trast jamg‘armasi Boshqaruv qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishini tashkil etish va uning kun tartibini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.
 
Bundan tashqari, O‘zbekiston tashabbusi bilan joriy yilning 18 may kuni BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilish bo‘yicha qabul qilingan maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.
 
Uchrashuv yakunida manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda, loyihalarning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, Muynak shahrida Ko‘p tarmoqli shifoxona qurilishi masalasini qo‘shimcha ravishda muhokama qilishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться