O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Serbiya muzokaralari to‘g‘risida
2021-10-13 | Siyosat
Qo‘shilmaslik harakatining yubiley sammitida ishtirok etish uchun Belgradga (Serbiya) amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Serbiya Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tatyana Yovich hamda Serbiya Tashqi ishlar vaziri Nikola Selakovich bilan uchrashdi.
Uchrashuv mobaynida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa ko‘p tomonlama shakldagi o‘zaro aloqalar yuzasidan fikr almashildi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Serbiya Respublikasi yubiley uchrashuvining hammuallifidir.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi