O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiyalik ekspertlar delegatsiyasi Davlat soliq qo‘mitasida bo‘ldi

2021-10-13 | Iqtisodiyot

“Rossiya Federatsiyasi Bosh ilmiy-innovatsiya amaliyot markazi” AJ bosh direktori Oleg Bogatiryov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Ushbu jamiyat Rossiya Federal Soliq xizmati uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiquvchi hisoblanadi.

Bu tashrif ikki mamlakat soliq xizmatlari va shu yilning aprel oyida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning keyingi bosqichidir. 

Uchrashuv doirasida DSQ rahbariyati rossiyalik mutaxassislar bilan soliq ma’murchiligi tizimini rivojlantirish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish jarayonini muhokama qildi. Xususan, chakana savdoda tovar aylanmasi va elektron hisob-fakturalarni hisobga olish hamda QQSni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilishda tahliliy vositalardan foydalanish bo‘yicha fikr almashdi. 

Yil oxirigacha ushbu bosqichning birgalikdagi ishlarini yakuniga yetkazish va strategik sheriklikning istiqboldagi rejalari belgilab olingani qayd etildi. 

Delegatsiya a'zolari DSQ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamentining dasturiy mahsulotlari, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yangilangan zamonaviy uskunalari bilan tanishdilar. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться