O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi" shaklidagi uchrashuv to‘g‘risida
2021-10-12 | Siyosat
2021-yilning 12-oktabr kuni Nur-Sulton shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi" (KAMHK) shaklidagi birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Bahrayn tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda KAMHK bosh kotibi Naif al-Hajraf ishtirok etdi. Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan KAMHK Bosh kotibiyati o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuvlar mexanizmi bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirishga hissa qo‘shadi va tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlar tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi