O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2021-10-12 | Siyosat

2021-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining ko‘p tomonlama aloqalar va global masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ham Sang Uk bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, tomonlar o‘rtasidagi BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari ikki davlat rahbarlarining shaxsiy aloqalari tufayli alohida strategik sheriklik maqomiga ega bo‘lib, do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni, jumladan, ikki tomonlama erkin savdo bitimini tuzish orqali mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bilan birgalikda O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada, Orolbo‘yi mintaqasi ekotizimini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar chog‘ida turli darajada va shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali hamda qator xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться