O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Reforms.uz – barcha islohotlar aks etgan elektron platforma

2021-10-12 | Jamiyat

Harakatlar strategiyasining 5 yillik muddati davomida barcha sohada tub islohotlar amalga oshirilib, qator yangilanish va o‘zgarishlar qilindi.

Buni har birimiz o‘z hayotimizda, yon-atrofimizda ko‘rib, bilib, guvohi bo‘lib turibmiz. Bu yil 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning so‘nggi yili hisoblanadi.

Ushbu strategik hujjat asosida olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar haqida yanada batafsil hamda qiyosiy ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. Ya’ni barcha joriy qilingan islohotlar va ularning natijalari haqidagi ma’lumotni sodda va ommabop ko‘rinishda o‘z ichiga oladigan yagona baza – Reforms.uz elektron platformasi yaratilib, ishga tushirildi.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasi aks ettirilgan elektron baza 5 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir fuqora joriy etilgan islohotlarning asl ulkan mohiyatiga baho bera olish imkoniyatlari mavjud. Ya’ni platformadagi barcha raqamlar qiyosiy shaklda keltirilgan: ular 1991-yildan 2016-yilgacha va 2017-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan vaqt oraliqlarini o‘z ichiga oladi.

– Reforms.uz elektron platformasini yaratish jarayonida «Rivojlanish strategiyasi» markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining mutaxassislari nihoyatda katta ma’lumot hajmini – ham davlat organlarining rasmiy raqamlarini va statistikasini, ham xalqaro tashkilotlarning hisobotlarini, xorijiy ekspertlar va fuqarolik jamiyatining baholashlarini o‘rganib chiqdi, – deydi «Rivojlanish strategiyasi» markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakov. – Endilikda davlatimizning istalgan fuqarosi uni qiziqtiruvchi muayyan mavzu bo‘yicha islohotlarning natijasi bilan tanishib chiqishi mumkin. Platformadagi barcha raqamlar esa taqqoslanuvchi shaklda keltirilgan. Ushbu platformada 2017–2020 yillar uchun Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalarini aks ettirish bilan birga, ularning xalqaro ekspertlar tomonidan baholanishi ham berilgan. 70 dan ortiq vazirlik va idora o‘z sohalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim qilishdi. Bizning oldimizda erishilgan natijalarni sodda va tushunarli usulda ko‘rsatish vazifasi turgan edi – statistika, quruq raqamlar, murakkab diagrammalar va grafiklarning murakkab tilini har bir kishiga – kasb ustasiga ham, xorijiy ekspertga ham, oddiy fuqaroga ham tushunarli va sodda ravishda izohlash. Minglab taqdim etilgan hujjatlardan 400 ta asosiy ko‘rsatkichni tanlab oldik va ularni qulay, tushunarli qiyosiy formatda aks ettirdik. Endi O‘zbekistonning har bir fuqarosi bu natijalar bilan shaxsan tanishishi hamda joriy etilgan tashabbuslarning darajasini baholashi mumkin. Reforms.uz – bu besh yillik islohotlarning raqamlarda, faktlar va fikrlardagi ko‘rinishidir.

Darhaqiqat, islohotlar haqida sodda va aniq shaklga ega ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona elektron baza qiyosiy tahlillar asosida foydalanuvchida aniq xulosalarga kelish imkonini beradi. Saytda nafaqat har bir yo‘nalishning asosiy ko‘rsatkichlari, balki tegishli mavzularga oid xalqaro ekspertlarning video murojaat formatidagi fikrlari bilan tanishish mumkin.

Platformaning yana bir katta qulayligi – u doimiy ravishda ma’lumot bilan boyitilib, yangilanib boriladi.

Manba: O'zA

Поделиться