O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaatlar eʼtiborda, ijrosi — nazoratda

2021-10-11 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida fuqarolarning navbatdagi qabuli tashkil etildi. Shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Hotambek Shokirov rahbarligida oʼn nafarga yaqin aholining murojaati tinglanib, ularni hal etish choralari belgilandi.

 Murojaatlar asosan ijtimoiy va iqtisodiy koʼmak, shuningdek, kommunal sohaga oid boʼldi. Jumladan:

- Yakkasaroy tumani Mirobod koʼchasida istiqomat qiladigan pensioner G. А. II-guruh nogironi boʼlib, kelin va nevaralari, shuningdek, 3 nafar uylanmagan oʼgʼli bilan birga yashaydi. Uni oʼgʼillarini uylantirish uchun joy muammosi qiynamoqda. Shu bois, fuqaro subsidiya olishda amaliy yordam soʼradi.

Masala masʼullar ishtirokida oʼrganib chiqilgach, G. А. ga dastlab subsidiya olish shartlari tushuntirildi. Mavjud qonunchilik meʼyorlari doirasida hokimlik tomonidan barcha yordam berilishi, avvalo, tuman hokimligi huzuridagi komissiyaga uchrashish zarurligi tushuntirilib, yoʼl-yoʼriqlar koʼrsatildi;

 - Uchtepa tumanida yashaydigan K. H.ga koʼp qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun subsidiyaga 352 million soʼm mablagʼ ajratilgan. Lekin u oʼziga yaqin hududdagi uylar qimmat ekanligi bois, xonadon xarid qilishda qiynalmoqda.

Muammo masʼullar bilan birgalikda koʼrib chiqilgach, unga zarur yordam koʼrsatishga qaror qilindi. Murojaat egasiga tegishli tashkilotlarning masʼullari va mutaxassislari biriktirilib, murojaati ijrosi nazoratga olindi;

 - Olmazor tumanidan qabulga kelgan U. N.ning onasiga jigar xastaligi boʼyicha xorijda jarrohlik amaliyoti oʼtkazilgan, hozir ham doimiy ravishda davolanishga muhtoj boʼlib, buning uchun zarur mablagʼ yetishmayapti. Murojaatchining aytishicha, tuman hokimligi tomonidan ilgari 21 million soʼm ajratilgan, yaqinda ham 10 million soʼm beriladi. Аmmo bu pullar davolanishiga kamlik qilmoqda.

Mutasaddilar masalani atroflicha oʼrganib chiqishgach, masʼullarga kasal onaxonni tegishli tibbiyot xodimlari doimiy nazoratga olishi, dori-darmonga boʼlgan ehtiyojini taʼminlashi yuzasidan topshiriq berildi.

Fuqarolar qabulida boshqa murojaatlar ham masalaga taalluqli masʼullar ishtirokida koʼrib chiqilib, ularni qonun doirasida ijobiy hal etish chora-tadbirlari belgilandi. Shikoyatlarning barchasi tegishli tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi. Аyrim fuqarolarga esa muammolari boʼyicha mavjud qonunlar doirasida tushuntirishlar berildi.

Belgilangan rejaga koʼra, shahar va tumanlar hokimliklarida fuqarolar qabullari davom etmoqda.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться