O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo taraqqiyot banki “O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish” dasturi uchun 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishini tasdiqladi

2021-10-11 | Siyosat

O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishni jadallashtirar ekan, xususiy investisiyalarni jalb qilish uchun mustahkam va raqobatbardosh mahalliy moliyaviy bozorlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, respublika moliya va kapital bozorlari rivojlanishiga yangi impuls berish maqsadida 

/media/f83ffcb2-ffa1-fe3c-d590-ecdc53cd9d0c.jpg

2021-2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini qabul qildi va unga muvofiq muhim islohotlarni amalga oshirmoqda. 

Xususan, kapital harakati operatsiyalarini liberallashtirish va xorijiy investorlarga mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari, xususan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish imkoniyatini yaratish, Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) a'zoligiga qo‘shilish, mahalliy kapital bozorini xalqaro moliya bozorlariga integratsiya qilish, kapital bozori moddiy va nomoddiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, davlat aksiya paketlarining bir qismini fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif o‘tkazish yo‘li bilan xususiylashtirish hamda moliyaviy mahsulotlar qatorini kengaytirish, islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekistonda raqobatbardosh moliya bozorlari shakllanishi uchun zarur bo‘lgan siyosiy, qonunchilik va institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan joriy yilning 7-oktabr sanasida 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi ma'qullandi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 500 ming AQSh dollari islohotlarni amalga oshirish uchun texnik ko‘mak mablag‘lari ko‘rinishida ajratilishi ma'qullandi.

Mazkur dasturni tayyorlash jarayonida bir qator islohotlar matrisasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Jumladan:

 – 2019-yil 30-dekabr sanasida “O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi” yangi tahrirda tasdiqlandi;

 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4699-son qarori va 2020-yil 5-oktabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-son Farmoni qabul qilindi;

 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6207-son Farmoni bilan 2021-2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturi qabul qilindi;

 – Moliya vazirligi va Markaziy bank barcha qimmatli qog‘ozlar va boshqa kapital bozori aktivlarining hisob-kitobini “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUKda konsolidatsiya qilish va uning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdo platformalarini integratsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritani” tasdiqladi;

 – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi fond birjasida listingdan o‘tgan kamida 10 ta davlat korhonasi kuzatuv kengashi tarkibiga ayol rahbar kiritilishini ta'minlash va 2023-yilga qadar ularning ulushini 30%gacha yetkazish siyosatini tatbiq etdi;

 – “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyalar va korporativ obligatsiyalar listing va delisting qoidalarini takomillashtirdi va gender tengligi va boshqaruvda ayol rahbarlar ishtirokini ta'minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi;

 – Moliya vazirligi tomonidan Davlat qarzi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi;

 – Moliya vazirligining Davlat qarzini boshqarish departamenti faoliyati qayti ko‘rib chiqildi va unga kamida 3 nafar ayol hodim jalb etildi;

 – “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi” qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.

 – Markaziy bank tomonidan overnayt valyutaviy svop va repo operatsiyalari hamda 2 haftagacha bo‘lgan muddatli valyutaviy svop, repo va depozit auksionlarini joriy qildi.

OTBning “O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish” dasturi respublikada moliya bozorlari rivojlanishini chuqurlashtirish va ularni kengaytirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab quvvatlash, davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorlari likvidligini oshirish, investorlar bazasini kengaytirish va diversifikatsiyalash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, nazorat tizimini takomillashtirish va jozibador moliyaviy instrumentlar qatorini kengaytirishga qaratilgan. Bu, o‘z navbatida, xususiy investisiyalar oqimini rag‘batlantirib, yangi ish o‘rinlari manbai va yuqori iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu dastur asosan banklarga asoslangan moliyaviy vositachilik tizimini diversifikatsiya qilish orqali O‘zbekiston moliya tizimining tizimli zaifligini kamaytirishga yordam beradi. Moliya bozorlari boshqaruvining takomillashtirilishi bozorlar samaradorligini oshiradi va investorlarning himoyasini kuchaytiradi.

OTBning “O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish” dasturi islohotlar matrisasi 2021-2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturiga qo‘shimcha ravishda qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi funksiyalarini kengaytirish va hisob-kitoblarni real vaqtda amalga oshirish salohiyatini shakllantirish, fond birjasi faoliyatini va savdo qoidalarini takomillashtirish, pay fondlar, jamoaviy investitsiya fondlari (Collective Investment Schemes), ko‘chmas mulk investitsiya fondlari (Real Estate Investment Trusts) va birjaviy investitsiya fondlari (Exchange Traded Funds) shakllanishi uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va boshqa muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться