O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Sharh al-Aqoid an-Nasafiy” asarining akademik ilmiy-izohli tarjimasi hamda uning android va multimedia dasturlarini yaratiladi
2021-10-11 | Innovatsiya
Innovatsion rivojlanish vazirligi hayʼatining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdiyu unga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi. Yigʻilishda qator amaliy va startap loyihalar koʻrib chiqildi.
Ular ilmiy asoslangani, kelgusida amaliy natija olish mumkinligi kabi parametrlarga javob bergan uch yillik uchta amaliy loyiha hamda bajarilishi bir yilga moʻljallangan bitta startap loyihaning moliyalashtirilishi tasdiqlandi. Muhokamalar davomida tegishli ilmiy-texnik kengashlari raislari Hayʼat raisi va aʼzolarining savollariga javob berishdi. Loyihalar Hayʼat aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi.
2021-2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar roʻyxati: https://mininnovation.uz/oz/news/3559
*Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 26-bandiga muvofiq kollegial organ tomonidan moliyalashtirilishi maʻqullangan “startap” loyihani moliyalashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu startap loyihani amalga oshirish uchun ochilgan yuridik shaxs (kompaniya) bilan tuziladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi