O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro kanoe sport turi yangi o‘zgarishlar ostonasida

2021-10-11 | Sport

Yaqin kunlarda jahon kanoesida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda xabar tarqatgan xorijiy ommaviy axborot vositalari olimpiya o‘yinlari tizimidagi kanoe sport turlarining kengayishi ortidan uning xalqaro tashkilotiga ham yangicha qarashlar kirib kelishini ta’kidlashmoqda.

Joriy yilning 4-6-noyabr kunlari Italiya poytaxti Rimda o‘tadigan Xalqaro kanoe federatsiyasi(ICF)ning kongressi ayni o‘zgarishlarni ta’minlashi ehtimoldan yiroq emas.

Kongress mobaynida ICFning prezidenti, vitse-prezidentlari, ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylanadi. ICF saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Xalqaro kanoe federatsiyasi prezidentligiga germaniyalik Tomas Konetsko va rossiyalik Yevgeniy Arxipov da’vogarlik qilmoqda. Har ikkalasining nomzodi tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan.

Aslida ICFning mazkur yig‘ilishi bundan bir yil muqaddam Fillipin poytaxti Manilada o‘tkazilishi kerak edi. Ammo koronavirus kasalligi tufayli anjuman bir yilga kechiktirilgandi.

Aytish lozimki, Germaniya kanoe federatsiyasi prezidenti Konetsko 2012-yildan beri ICF ijroiya qo‘mitasi a’zosi, 2016 yildan e’tiboran tashkilotning vitse-prezidenti hisoblanadi.

Arxipov esa Sankt-Peterburg shahridagi restoranlar tarmog‘ining asoschisi bo‘lgan holda 13 yildan beri Rossiya kanoe federatsiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi saytida keltirilgan fikrlarga ko‘ra, germaniyalik sobiq sportchining imkoniyatlari yuqori bo‘lgan holda kanoe sport turlari yo‘nalishlarining olimpiya o‘yinlari tizimida ortishi va ICFning ayrim masalalarda greblya, serfing va slalom borasida xalqaro sport federatsiyalari bilan muammoli vaziyatlarga ro‘baro‘ kelishi uning boshqaruviga yangicha qarashga ega bo‘lganlar zarurligini ko‘rsatmoqda.

Shu ma’noda, bunday holatda Rossiya kanoesi rahbari Arxipovning ICF yetakchiligiga kelish ehtimoli yo‘q emas. Biroq amalda Xalqaro kanoe federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan Tomas Konetsko o‘z mavqei va boshqaruvidan foydalanib, rossiyalik tadbirkorga yo‘l bermasligi ham mumkin. Voqealar rivojini esa vaqt ko‘rsatadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться