O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston delegatsiyasining Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha Kengash vazirlar uchrashuvida ishtirok etishi haqida
2021-10-11 | Siyosat
2021-yil 11-12 - oktabr kunlari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha Kengashga a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida ishtirok etadi.
Majlisda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg'onistondagi vaziyat, jumladan, gumanitar inqirozni oldini olish maqsadida Afg'oniston xalqiga yordam ko'rsatish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi