O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi bilan “Kapital bank” aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida hamkorlik ishlari davom etmoqda
2021-10-08 | Iqtisodiyot
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasini rivojlantirish va budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Axborot texnologiyalari markazi va to‘lov xizmatlarini taqdim etuvchi AKB “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida hamkorlikdagi ishlari davom etmoqda.
AKB Kapitalbank “Apelsin” mobil ilovasi to‘lov xizmatlari orqali “Oylik monitoring” xizmatini (oylik ish haqi bo‘yicha elektron shaklda to‘liq ma’lumotlar olish xizmati) amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etildi.
2011-yilda ishga tushurilgan “UzASBO” dasturiy majmuasida bugungi kunda 30 mingdan ortiq budjet tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, jami
3 milliondan ortiq budjet tashkilotlari hodimlariga ish haqi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Hozirda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovlari uchun AKB Kapitalbank “Apelsin” to‘lov xizmatlari orqali ota-onalar badal to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari kelgusida mazkur xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirib borish va aholidan budjet tashkilotlariga to‘lovlarni amalga oshirish belgilangan. Masalan, tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun, oliy va professional ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovlari hamda boshqa xizmatlarni taqdim etish ko‘zda tutilgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi