O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini rag‘batlantirishning yangi mexanizmi joriy etiladi

2021-10-08 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya shaklida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha Hukumat komissiyasining mamlakat hududlarida investisiya loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirishning tubdan yangi mexanizmini joriy etishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining viloyat, tuman va shahar miqyosidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.
 
Joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra mamlakatning investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi. Tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalar va eksportni jalb qilish dinamikasiga ijobiy tasir etuvchi omillar belgilandi. Hududiy investitsiya dasturlari ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Investitsiyaviy loyihalar va eksport faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorlarni amaliy qo‘llab-quvvatlashning dolzarb vazifalari belgilab berildi. Bundan tashqari, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
 
Investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalarini aniqlash, shuningdek, ishga tushirilgan korxonalar va sanoat ob'ektlarining faoliyati monitoringini olib borish jarayonlariga tizimli yondashgan holda jalb etilgan investitsiyalar va eksport hajmini oshirishning yangi ishlab chiqilgan mexanizmi yig‘ilishning asosiy mavzusi bo‘ldi. Mazkur mexanizm mamlakat tuman va shaharlarining iqtisodiy va sanoat salohiyatidan to‘la foydalanish hamda ularning jadal va bir me'yorda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan.
 
Yangi mehanizm doirasida barcha 206 ta tuman va shahar hokimliklari qoshida loyihaviy guruhlar tashkil etiladi, ular foydalanilmagan yer uchastkalari, bino va inshootlar, tabiiy va infratuzilmaviy resurslarni nazarda tutgan holda mavjud ishga solinmagan imkoniyatlarni tahlil qiladilar. Ushbu tahlil asosida loyihaviy guruhlar tuman va shaharlarni rivojlantirish strategiyalari va konsepsiyalarini ishlab chiqadilar. Guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi qoshida tashkil etilayotgan Loyiha ofisi tomonidan amalga oshiriladi.
 
Ishlab chiqilgan strategiya va rivojlanish konsepsiyalari asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi mutaxassislari muayyan tuman yoki shaharning o‘ziga xos xususiyatlari hamda iqtisodiy salohiyatiga moslashtirilgan istiqbolli investitsiyaviy takliflarni shakllantiradilar.
 
Investorlar va loyihalarni moliyalashtirish manbalarini saralash mahalliy hokimiyat organlari tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamda mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda mahalliy tadbirkorlar va xorijiy kompaniyalar orasidan amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi resurslarini jalb qilish orqali tadbirkorlarga yirik loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ham nazarda tutilmoqda.
 
Yangi mexanizmning amaliyotga tatbiq etilishi munosabati bilan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklarning mas'ul rahbarlariga aniq va maqsadli vazifalar hamda zarur tushuncha va ko‘rsatmalar berildi. Yangi mexanizmni joriy etish chog‘ida mansabdor shaxslarning samarali hamkorligini ta'minlash maqsadida alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi ma'lum qilindi.
 
Shuningdek, mas'ul rahbarlar malakali mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda alohida tashkil etiladigan maxsus kurslarda tahsil oladilar. Joylarda yangi mexanizmni hayotga tatbiq etishda rahbarlar faoliyatining samaradorligi maxsus reyting orqali baholanadi.
 
Yig‘ilish yakunida tegishli rahbarlarga investitsiyalarni jalb qilish va eksport salohiyatidan samarali foydalanishning yangi mexanizmini amaliyotga joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться