O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv
2021-10-08 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 7-oktabr sanasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Zsuzsanna Hargitai bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi rahbari Alkis Drakinos, YTTBning Yashil iqtisodiyot bo‘yicha boshqaruvchi direktori Genri Boyd-Karpenter hamda Davlat xususiy sherikligini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Nodir Nuritdinov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar yashil iqtisodiyotga o‘tish istiqbollari, iqtisodiyotni dekorbonizatsiya qilish, qayta tiklanadigan resurslardan, xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shamol, quyosh energiyalari, elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomobillar ishlab chiqarish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, tomonlar iqtisodiy o‘sish jarayonlari, makroiqtisodiy barqarorlik, kambag‘allikni qisqartirish, aholi yashash sharoitlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalari, mis sanoatida amalga oshiriladigan dasturlar, xizmatlar sohasi, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashdilar.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar kelgusidagi manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi