O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Portugaliyada yashayotgan vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etadi

2021-10-08 | Saylov

Mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan Portugaliyaning Leyriya shahrida yashayotgan vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi, 2019-yilda qabul qilingan Saylov kodeksi va milliy saylov qonunchiligidagi yangiliklar, shuningdek, Portugaliyaning Leyriya shahrida muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov nuqtalarini tashkil etilishi bilan bog‘liq maʼlumotlar davra suhbati ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.

Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar jarayoni, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligi talablari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tamoyillar, umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan ochiq va oshkora o‘tkazilishi alohida qayd etildi.

Siyosiy partiyalar faoliyati va ular tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlarining mazmun-mohiyati vatandoshlarga tushuntirildi.

Mamlakatimiz fuqarolari bilan muloqot davomida elchixona huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasi faoliyati haqida ham batafsil maʼlumot berildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться