O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi...
2021-10-07 | Iqtisodiyot
2021-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandumning imzolanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish hamda kapital bozori sohasini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borishni ta'minlaydi.
Memorandumga ko‘ra tomonlarning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishi belgilab olindi:
Kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish hamda kapital bozori sohasini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish;
Kapital bozorini rivojlantirish Dasturida ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tashkiliy chora-tadbirlar va tahliliy ma'lumotlarni ishlab chiqishda o‘zaro va boshqa mas'ul ijrochilar bilan hamkorlik o‘rnatish;
Aholi va tadbirkorlik sub'ektlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni moliyaviy instrumentlar haqida xabardor qilish bilan bog‘liq tashabbuslarni amalga oshirish;
Kapital bozorini yanada rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ko‘paytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro tajriba, mutaxassislar va ma'lumotlar almashish;
Investorlar va minoritarlarning huquqlarini himoya qilishda hamkorlik qilish.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi