O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kvanju shahrida vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2021-10-07 | Saylov

Joriy yil 24-oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ishlari doirasida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan 18-Kvanju saylov uchastkasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda elchixona, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi huzurida tashkil etilgan saylov komissiyasi aʼzolari hamda bu yerda doimiy va vaqtincha istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar hozir bo‘ldi.

Davra suhbatida mamlakatimizda ushbu muhim siyosiy jarayonni tashkil etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, elchixona huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida fuqarolarimizning ovoz berishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, muddatidan oldin ovoz berish tartibining tashkiliy jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi, davlat rahbarligiga nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari, milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

18-saylov uchastkasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, yangi chop etilgan o‘quv qo‘llanmalari, saylovga oid qonun hujjatlari to‘plami saylov uchastkasida mavjudligi taʼkidlangani barobarida barcha namunadagi banner, stend va peshlavhalar hamda Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari muddatidan oldin ovoz berish uchun mo‘ljallangan joylarga tarqatilishi maʼlum qilindi.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, Janubiy Koreyadagi bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasining tarqalishi xavfini oldini olish bo‘yicha ijtimoiy masofani saqlash, saylovga keluvchilarning niqob taqishini nazorat qilish, saylov uchastkasini shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari bilan taʼminlash bilan bog‘liq masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlumotnoma o‘rnida: Koreya Respublikasida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 17-sonli Seul hamda 18-sonli Kvangju saylov uchastkalari tashkil etilgan. Bundan tashqari, aholiga qulaylik yaratish, ularning o‘z konstitutsiyaviy huquqidan to‘la foydalanishini taʼminlash maqsadida Janubiy Koreyaning yana 14 ta yirik shaharida muddatidan oldin ovoz berish nuqtalari tashkil etiladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться