O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vaziri ЕTTB delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

2021-10-07 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultanov ЕTTB boshqaruvchi direktori (barqaror infratuzilma guruhi) Nandita Parshad boshchiligidagi delegasiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) delegasiyasi rahbari ta'kidlaganidek, O‘zbekiston ayni paytda pandemiya bilan bog‘liq murakkab sharoitlarga qaramay, energetika sohasidagi islohotlar samaradorligi bo‘yicha mintaqada yetakchi hisoblanadi.
 
A.Sultanov delegasiya a'zolarini qutlar ekan, tenderlarning birinchi bosqichini yakunlashda qo‘llab-quvvatlagani uchun ЕTTB minnatdorchilik bildirdi. Shunday qilib, sentyabr' oyida Qoraqalpog‘istonda quvvati 100 MVt bo‘lgan birinchi sanoat miqyosidagi shamol elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha tender g‘olibi e'lon qilindi. G‘olib Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bo‘lib, elektr energiyasi tarifini bir kVt.soat uchun 2.5695 AQSh sentni taklif qilgan.
 
2-bosqich doirasida sentyabr' oyida 3 ta o‘lchash meteorologik ustunlarini o‘rnatish ishlari yakunlandi, ular kelgusida 200 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi uchun ma'lumotlarni yig‘adi. Tenderning birinchi bosqichi 2022-yilning boshida boshlanishi rejalashtirilgan.
 
Shuningdek, texnik maslahatchilar va ЕTTB bilan shamol stansiyasi dasturini ishlab chiqish uchun yangi joylarni aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda (3-bosqich).
 
ЕTTB bilan hamkorlik doirasida 2030-yilga qadar umumiy elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini 30 GVt gacha oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, elektr energiyasining kamida 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadi (5 GVt quyosh energiyasi, 3 GVt shamol va 3,9 GVt gidroenergetika).
 
Muzokaralar chog‘ida tomonlar energetika sohasidagi yangiliklar, shu jumladan boshqa mamlakatlarning energiyani saqlash (akkumulyator) tizimlaridan foydalanish tajribasi, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda tarmoqlarni tartibga solish sohasidagi masalalarni muhokama qildilar. Energetika vazirligi tenderlarni o‘tkazish bosqichida potensial investorlarga elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash talabini joriy etish maqsadga muvofiqligini ta'kidladi. Bugungi kunda bunday tajriba jahon amaliyotida allaqachon mavjud. Ushbu tajribani o‘rganish maqsadida Energetika vazirligi, “O‘zMET” AJ va Energetika vazirligining markaziy dispetcherlik boshqarmasi mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etish taklif qilindi.
Shuningdek, 500-600 MVt quvvatga ega 500 kV kuchlanishli Sarimoy-Jankeldi elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasining bajarilishi ko‘rib chiqildi. Ayni paytda ЕTTB bilan ushbu loyihani moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
 
Muzokaralar chog‘ida Energetika vazirligi, ITSV va ЕTTB o‘rtasida kam uglerodli yo‘nalish bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasida amaldagi ishlar tahlil qilindi. 2050 yilgacha O‘zbekistonda kam uglerodli elektr energiyasi ishlab chiqarish sektorini yaratish imkoniyatlarini o‘rganish uchun “yo‘l xaritasi” ni ishlab chiqish maqsadida xalqaro ekspertlar konsorsiumi jalb etildi. Ularning tahliliy ishlari 2050 yilga borib O‘zbekistonning uglerodsiz energetika sektoriga o‘tishning texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqladi.
 
Shuningdek, A.Sultanov “Elektr energiyasi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Mazkur qonun loyihasi ayni paytda ko‘rib chiqish uchun Adliya vazirligiga taqdim etilgan. Qonun ishlab chiqilganda, ЕTTB ko‘magida xalqaro maslahatchilar jalb qilindi.
 
“Yangi qonun “to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyat qonuni” ekanligi muhim hisoblanadi. Bu biz islohotlar uchun emas, balki birinchi navbatda, bugungi kunda energetika sohasida zarur bo‘lgan bozor mexanizmlarini yaratish uchun islohotlar o‘tkazayotganimizni yana bir bor tasdiqlaydi”, – dedi vazir.
 
Qayd etilishicha, bunga mamlakatning energetika sohasida allaqachon joriy qilingan bozor mexanizmlariga, xususan, 2017-yildan buyon birja savdosi orqali amalga oshirilayotgan benzin sotuvi misol bo‘la oladi.
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida energetika sohasining yangi voqeliklariga mos keladigan qonunchilik bazasini yaratish ishlari davom etmoqda. Xususan, ЕTTB ning texnik ko‘magi bilan yangi tashkil etilgan energiya bozori regulyatorining me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqish uchun maslahatchilar tanlanmoqda.
 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sanoat va maishiy darajada ommalashtirish – zamonaviy O‘zbekistonning energetika sohasida muhim o‘rin tutadi. QTEM qurilmalaridan foydalanadigan iste'molchilarni, xususan, o‘z uy xo‘jaliklari uchun rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilgan. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan quyosh panellari va boshqa qurilmalarni o‘rnatish xarajatlarining bir qismi qaytariladi. Bunda iste'molchilar ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini ASKUE tizimidagi “aqlli hisoblagich”lar orqali davlatga sotishi mumkin bo‘ladi.
 
Muzokaralar davomida tomonlar mavjud kelishuvlar doirasida hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilab olishdi va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться