O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olimpiada chempioni samarqandlik yoshlar bilan uchrashdi

2021-10-05 | Sport

Sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha -109 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Akbar Jo‘rayev Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji sportchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida nomdor sportchimiz o‘zining Olimpiada chempionligi sari bosib o‘tgan yo‘li, tajribasi va maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, samimiy uchrashuv davomida A.Jo‘rayev samarqandlik yosh sportchilarga master-klass o‘tib berdi. Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari chempion bilan uchrashuvdan ruhlanib, maqsadlari sari harakat uchun qo‘shimcha kuch oldilar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarga katta motivatsiya beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться