O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ural davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Prezident saylovida ovoz beradi
2021-10-04 | Saylov
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxona xodimlari Ural davlat tibbiyot universitetida Namangan davlat universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “ikki diplom” dasturi asosida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar tarbiyasiga qaratilayotgan katta eʼtibor va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda joriy yil 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni haqida so‘zlab berildi.
Talaba yoshlar mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan to‘la foydalanishga chaqirildi. Buning uchun Bosh konsulxonada faoliyat yuritayotgan saylov uchastkasi faoliyati haqida maʼlumot taqdim etildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi