O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm xalqaro universiteti o‘qituvchilari mehmonxona biznesi sohasida Amerika ta’lim instituti (AHLEI) kurslarini o‘tadilar

2021-09-30 | Ta’lim

Turizm xalqaro universiteti o‘qituvchilari mehmonxona biznesi sohasida Amerika ta’lim instituti (AHLEI) kurslarini o‘tadilar. 2021-yil 19-25-iyul kunlari “Mehmonxona biznesi sohasida sertifikatlangan mutaxassis” onlayn-kurslari o‘tkazildi va unda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. 

Kurs yakunida S.Jumanazarov, M. Vafokulova, A.Suyunov, S.Shaydullayeva, J.Xamroqulov, A.Sobirov, hamda U. G‘ulomovlarga xalqaro bazaga kiritilgan AHLEI sertifikatlari  topshirildi. Ushbu xujjat egalariga dunyoning istalgan oliy o‘quv yurtida mehmondo‘stlik sohasida ta’lim berish imkonini beradi. 

Ma’lumot uchun: Mehmonxona biznesida Amerika ta’lim instituti (The American Hotel & Lodging Educational Institute - AHLEI) - 65 yildan ortiq turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislarini o‘qitish va sertifikatlash bo‘yicha jahon miqyosida etakchi hisoblanadi. Uyushma shtab-kvartirasi Orlando (Florida shtati)da joylashgan bo’lib, kompaniya ofislari Michigan shtatining Lansing shahrida, shuningdek, Hindiston va Xitoyda ham faoliyat olib boradi. Kompaniyaning keng mahsulotlari qatoriga DVD materiallari, darsliklar (bosma va raqamli), shuningdek, onlayn ta’lim tizimlari kiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться