O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy Majlis Senati raisi va Jahon banki vitse-prezidenti ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qildi
2021-09-30 | Siyosat
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, qishloq joylarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. O‘zbekistonning Jahon banki bilan konstruktiv hamkorligi mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar natijasida yangicha tus olgani alohida ta’kidlandi.
Jahon banki rahbari pandemiyaga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri ekanini ta’kidladi. Anna Berde so‘nggi 5 yilda amalga oshirilgan samarali islohotlar tufayli respublika COVID-19 pandemiyasiga muvaffaqiyatli qarshi kurasha olgani hamda keyingi muhim o‘zgarishlar uchun barqaror zamin yaratganini ta’kidladi. Jahon banki loyihalar va dasturlar orqali bu yo‘lda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, tomonlar 2021-2022-yillarda yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini davom ettirish va inson kapitalini oshirishda Bank tomonidan taklif etiladigan istiqbolli loyihalarni ham muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi. O‘zbekistondagi islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga Jahon bankining ham tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi