O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o‘tkazildi
2021-09-29 | Texnologiyalar
2021-yil 29-sentabr kuni «Milliy matbuot markazi»da «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida amalga oshirilayogan loyihalar, O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasi hamda «Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi» DUK faoliyat yo‘nalishlari haqida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun zarur muhitni yaratish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish sonini oshirish maqsadida tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston -2030» strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan belgilangan O‘zkomnazoratning asosiy vazifalari, maqsadi, faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, matbuot anjumanida «Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi» ishlab chiqayotgan axborot tizimlari, markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va faoliyatga aloqador boshqa yo‘nalishlar to‘g‘risida axborot berildi.