O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti bilan vebinar o‘tkazildi

2021-09-29 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) o‘rtasida tuzilgan hamkorlik to‘g‘risida bitim doirasida Yaponiyaning kichik va o‘rta biznes vakillari uchun navbatdagi vebinar o‘tkazildi.

Tadbirda JETROga a'zo bo‘lgan yapon tashkilotlari, korxona va kompaniyalarining 50 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
 
Vebinar mamlakatimizda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda tarmoqlar va mintaqalarning investisiyaviy jozibadorligining asosiy omillarini keng yoritish maqsadida tashkil etildi.
 
Vebinar doirasida Buxoro va Navoiy viloyatlarida, xususan "Navoiy" EIZda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli misollar atroflicha ko‘rib chiqildi.
 
Ushbu hududlarda biznes yuritishning afzalliklari va investisiya loyihalarini amalga oshirishning shart-sharoitlari, taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari va bo‘lajak yapon investorlari uchun yaratilayotgan boshqa imkoniyatlarni ochib beruvchi taqdimotlar o‘tkazildi.
 
Yaponiya tomonidan JETROning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi taqdimot bilan ishtirok etib, Yaponiya biznesi nuqtai nazaridan O‘zbekiston bozorining o‘ziga xos xususiyatlari va ushbu hududlarga sarmoya kiritishda Yaponiya biznesini qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil so‘zlab berdi.
 
Vebinar yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini hamda aniq investisiyaviy loyihalarni batafsil muhokama qilish maqsadida JETRO vakillari boshchiligidagi Yaponiya tashkilotlari va kompaniyalari rahbarlaridan iborat bo‘lgan delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishildi.
 
Ma'lumot uchun: 2021-yilning 20-may va 29-iyun kunlari JETRO bilan hamkorlikda Yaponiya ishbilarmon doiralarining Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi yakka tartibdagi korxonalar misolida O‘zbekistonning investisiyaviy muhiti bilan keng tanishishiga bag‘ishlangan vebinarlar o‘tkazildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться