O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Malayziyadagi vatandoshlar: Yurtimiz taqdiri va kelajagi uchun o‘zini mas’ul deb bilgan nomzodga ovoz beramiz

2021-09-29 | Saylov

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Malayziyaning Segi universiteti, Kuala-Lumpur universiteti, Xalqaro islom universiteti talabalari hamda ushbu davlatda mehnat faoliyatini olib borayotgan va vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz qatnashdi.

Ularga joriy yil 24 oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi, Prezidentlikka nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, diplomatiya vakolatxonasi huzurida 25-saylov uchastkasi tashkil etilgani va unda saylovchilarni qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilganligi ham ma’lum qilindi.

Respublikamizda bo‘lib o‘tadigan ushbu muhim  siyosiy jarayon haqidagi so‘nggi yangiliklar bilan elchixona veb-sayti, Facebook  va Instagramdagi rasmiy sahifalar hamda respublika OAVlari orqali kuzatib borish mumkinligi qayd etildi. Bundan tashqari, xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish uchun https://saylov.mfa.uz veb-saytiga murojaat qilishi tushuntirildi. 

Davra suhbati ishtirokchilari bo‘lajak saylovda faol ishtirok etishga da’vat etildi.

Tadbir yakunida vatandoshlarimiz ularga mamlakatimiz rahbariyati tomonidan qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholashar ekan, O‘zbekiston Prezidenti saylovida o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishini bildirdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться