O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sirdaryodagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida xorijlik oʻqituvchilar ish boshladi
2021-09-27 | Ta’lim
Sirdaryo viloyati hokimligi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida chet ellik pedagoglar Filipp va Mariya Lorelar oʻz faoliyatlarini boshladi.
“Mehmonlar ijod maktabi bilan tanishar ekan, maktabning koʻrkamligi va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlardan hayratlanganliklarini, sirdaryolik yoshlarga bilim berishdan mamnun ekanliklarini taʼkidladilar”, — deyiladi xabarda.
Ijod maktabi direktori Muhammad Ismoilning bildirishicha, chet ellik pedagoglar ingliz tilidan saboq beradi.
Ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirgan holda oʻqitishga ixtisoslashtirilgan mazkur ijod maktabi 2019-yilda faoliyat boshlagan edi. Unda ayni paytda 147 nafar oʻquvchi taʼlim olayotir.
Ahmadali SHERNAZAROV
Manba: «Xalq So'zi»