O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Amiti universitetida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

2021-09-24 | Ta’lim

Toshkent shahridagi Amiti universiteti tomonidan dunyo bo‘ylab eng yetuk mutaxassis olimlarni jalb etgan holda olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi” o‘tkazilmoqda.

Forum doirasida Vinchenzo Piuri - italiyalik mashhur olim ma’ruzalari tinglanadi. U IEEE xodimi va ACMning taniqli olimi hisoblanadi. U axborotni qayta ishlash sohasidagi faoliyati bilan mashhur bo‘lib, sunʼiy intellekt, hisoblash intellekti, signal tasvirni qayta ishlash, biometriya, sanoat ilovalari, o‘lchash tizimlari, arifmetik birliklar va xatolarga bardoshli arxitekturaga alohida eʼtibor qaratgan. 

Shuni ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Amiti universitetining ushbu forumni o‘tkazishidan maqsad, Respublikada olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari bilan muhokamalarini tashkil etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Xalqaro forumda qatnashish istagida bo‘lgan barcha ta’lim sohasidagi xodimlarni va ushbu yo‘nalishga qiziqqanlarni  joriy yilning 30-sentabr kuni Amiti universitetiga taklif etib qolamiz.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться