O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniyalik mutaxassis Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalariga mahorat darsi o‘tdi
2021-09-24 | Ta’lim
Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’lim va fan sohasida jahon talablariga mos ravishda yuqori malakali va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlash maqsadida bir qator muhim qadamlarni qo‘ydi.
Xususan, ta’lim jarayonini xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyalash imkonini beradigan kredit-modulli o‘qitish tizimi amalga oshirilmoqda.Toshkent davlat stomatologiya instituti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishda Yevropa tajribasini o‘rganish, fan-ta’lim sohasida hamkorlik olib borishga katta e’tibor bermoqda. Ushbu yo‘nalishda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyoning yetakchi hamkor universitetlari, xususan, Yevropa universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolagan bo‘lib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda.
2020 – 2021 o‘quv yili bahorgi semestridan boshlab, institut jamoasiga 25 ta xorij pedagogi bakalavriat va magistratura talabalariga ma’ruza va mahorat darslarini o‘tdi.
Stomatologiya sohasida ilg‘or tajribani tatbiq etish, institut iqtidorli talabalari bilim va ko‘nikmalarni egallashini jahon standartlari asosida tashkil etish maqsadida Germaniyaning “Ivoclar Vivadent” kompaniyasi doktori tomonidan Viktor Daub talabalar uchun o‘quv – amaliy ma’ruza va master klasslar tashkil etildi.
Mahorat darsida restavratsion stomatologiya, endodontiya va tish toj qismi nuqsonlarini bartaraf etishda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish tamoyillari, amaliyot davrida asoratlarning oldini olish masalalari keng yoritildi.
Shuningdek, institut rahbariyati tomonidan «Ivoclar Vivadent» kompaniyasi bilan hamkorlikni kengashtirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ma’lumot uchun, mazkur hamkorlik doirasida TDSI 60 ortiq iqtidorli talabalari “Ivoclar Vivadent” kompaniyasining Elvangen shahridagi o‘quv markazida malakalarini oshirib qaytdi.
Manba: O'zA