O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha YIDXP orqali ariza berish mumkin
2021-09-23 | Jamiyat
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Ma’muriy reglamentga ko‘ra, yirik investitsiya loyihasi deyilganda qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi investitsiya loyihasi tushuniladi.
Loyihani amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.
Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faqat YIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali ariza bilan murojaat etadi.
Ariza DXM orqali taqdim etilganda BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YIDXP orqali murojaat etilganda bu miqdor 243 ming so‘mni (10 foizli chegirma) tashkil etadi. Yirik investitsiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida e’lon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida qabul qilinadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi