O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident yoshlar festivaliga bordi

2021-09-22 | Yoshlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida o‘tayotgan Yoshlar festivaliga tashrif buyurdi.

- Hozirgina Bo‘zatov tumanidan qaytishda yoshlar festivali o‘tkazilayotganidan xabar topib, sizlar bilan uchrashishga qaror qildim. Chunki men qayerga borsam, albatta yoshlar bilan muloqot qilishga harakat qilaman. Sizlarning ko‘zingizda, bilimingizda, ergangi kunga ishonchingizda Yangi O‘zbekistonni, Yangi Qoraqalpog‘istonni ko‘rib, o‘zim uchun katta kuch-quvvat olaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida Qoraqalpog‘istonda ham ko‘plab ishdar amalga oshirildi. Shahar va tumanlarda 14 ta yangi maktab barpo etildi, 4 ta yangi oliygoh tashkil etildi.

- Men har doim yoshlar, ta’lim, bilim-bilim deb ta’kidlayman. Bilim «o‘tda yonmaydi, suvda cho‘kmaydi». Qancha ko‘p bilim egalasak, kelajak bizniki. Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz deb o‘zimizga g‘oya olganmiz. Bu poydevorni kim yaratadi? Faqat bilimli yoshlar, - dedi Prezident.

Yoshlarga keng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. Jumladan, 55 ta yangi maktab, 187 ta maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari qurilib, 135 ta maktab kapital ta’mirlanishi aytildi. 

Prezidentimiz kelgusi besh yilda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizga yetkazilishi, buning uchun Qoraqalpog‘istonda mamlakatimiz va xorijiy universitetlarning 6 ta nufuzli oliy o‘quv yurtlari filiallari tashkil etilishini ta’kidladi.

Shuningdek, kelgusi besh yilda har bir shahar va tumandagi Yoshlar markazlari va umumta’lim maktablarida 100 mingdan ziyod yoshlar chet tillari va IT-texnologiyalariga o‘qitiladi. Qo‘shimcha 6 ming o‘rinli yangi yotoqxonalar qurib bitkaziladi.

Yoshlar Prezident tashrifini olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться