O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan maxsus elektron platforma yaratildi

2021-09-22 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi DUK tomonidan subsidiya.mf.uz maxsus elektron platformasi yaratildi.

Mazkur elektron platforma yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish jarayonlaridan biridir.

Ushbu elektron platforma fuqarolarimizga Davlat budjetidan to‘lanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini ta’minlash bilan bir qatorda, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olish hamda yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida bevosita mas’ul mansabdor shaxslarga va fuqarolarga xabar berish imkoniyatini yaratadi.

Bugungi kunda elektron platformalari mavjud bo‘lmagan vazirlik va idoralar uchun subsidiya.mf.uz veb-dasturi orqali shaxsiy kabinetlar yaratilgan bo‘lib, ular o‘zlariga tegishli subsidiya turlari bo‘yicha ma’lumotlarni kiritib borish, kelib tushgan arizadan xabardor bo‘lish imkoniyatlari dasturda ko‘zda tutilgan. 

Hozirda ushbu elektron platforma orqali 18 ta vazirlik va idoralar bilan xamkorlikda 83 turdagi subsidiya turlarini olish bo‘yicha jarayonlarni elektronlashtirish ishlari olib borilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan integratsiya ishlari amalga oshirildi.

Hozirgi kunda, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda elektron platformaga integratsiyalash hamda barcha davlat organlari va tashkilotlariga mazkur tizimdan foydalanish imkoni yaratish choralari ko‘rilmoqda.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться