O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan loyihalar ijrosi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida muhokama etildi

2021-09-21 | Texnologiyalar

2021-yil 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Axborot texnlogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari, boshqa mas’ul xodimlar ishtirokida “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan va agentlik ijrosiga bevosita mas’ul bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilish holati muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zkomnazorat boshlig‘i tomonidan loyihalarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish, axborot tizimlarini ishga tushirish, xodimlarning AKT hamda “Elektron hukumat”, raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash va boshqa muhim masalalar yuzasidan agentlik mutasaddilariga tavsiyalar berildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari ham loyihalar ijrosini ta’minlashning ahamiyati, vazirlik tomonidan bu borada o‘rganishlar orqali hamkorlik qilish muhim ekanligini qayd etdi. Yig‘ilish yakunida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться