O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2021-09-21 | Ta’lim
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi rahbariyati bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasining targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Viloyatdagi yoshlarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish va ularni kelajak kasbi hisoblangan IT dasturlash bo‘yicha sifatli va bepul onlayn masofaviy ta’limga jalb etish maqsadida o‘tkazilgan taqdimotda ishtirokchilarga loyihaning mazmun mohiyati, platformadan ro‘yxatdan o‘tish tartiblari, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari va videokurslar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohadagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi