O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afsonaviy Toshkent xalqaro kinofestivali yana ijodkorlarni chorlamoqda

2021-09-21 | Jamiyat

Joriy yilning 28-sentyabrdan 3-oktyabr kunlari "Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur kinofestivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda o‘tkaziladi.    

 Ahamiyatli jihati shuki, bu yil XIII marta o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Ipak yo‘li durdonasi" nomi bilan qayta tiklandi. Joriy yildan boshlab esa ushbu nufuzli tadbir Kinematografiya agentligi tomonidan har yili muntazam ravishda o‘tkaziladi.  

 Agentlik axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilgi Toshkent xalqaro kinofestivali “Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun”  shiori ostida va "Festivallar festivali" formatida o‘tashkil etiladi. Shuningdek, festival doirasida qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Yosh kinoijodkorlar uchun «Kino 5 kunda» tanlovi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda dunyoning 22 mamlakatidan kelgan yosh rejissyorlar “Buyuk ipak yo‘li” mavzusida qisqa metrajli filmlarni suratga oladi hamda tayyor filmlarni “Yangi avlod kinosi” festivali doirasida namoyish qiladi.  

 Kinofestival doirasida  13 ta davlatning kino kunlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. 29-sentyabrdan boshlab mamlakatning barcha kinoteatrlarida filmlar namoyishi boshlanadi. Har bir mamlakat o‘z filmlarini O‘zbekistonning turli hududlari bo‘ylab namoyish etadi.  

Jahon kinosi kunlarida namoyish qilish uchun hozirga qadar 150 ta film taqdim etilgan. Ularning asosiy qismi o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi.  

 Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, xorijiy kinokompaniyalar  bilan hamkorlik bitimlari imzolanishi, Kinematografiya agentligi va Rossiya kinokompaniyalari bilan hamkorlikda suratga olingan “Baron-2”, “Quyosh ta’mi”, “Parining sovg‘asi” singari kinofilmlar namoyish qilinishi kutilmoqda.  

 XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga chet el mamlakatlaridan 150 nafarga yaqin mashhur kinoijod tashrif buyuradi. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestivallar, tashkilotlar, distribyutor kompaniyalarining vakillari bor. Festival davomida ushbu taniqli rejissyorlar va aktyorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari va brifinglar tashkil etiladi.   http://https://www.youtube.com/watch?v=-ri7RWSfHNQ&t=5s

Manba: O'zA

Поделиться