O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston merganlari Osiyo chempionatida 21 ta medalni qo‘lga kiritdi
2021-09-20 | Sport
2021-yil 10-20-sentyabr kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘q otish bo‘yicha 14-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi besh nafar murabbiy rahbarligida 28 sportchi bilan ishtirok etdi. Jamoa 5 ta oltin medal va Osiyo chempioni unvonlarini qo‘lga kiritdi!
Nigina Saidqulova yakka va jamoaviy hisobda g‘alaba qozonib, terma jamoa hisobiga ikkita oltin medalni taqdim etdi.
Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Muxtasar Tohirova va Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi Vadim Skorovarov aralash jamoaviy mashqlarda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Muxtasar Tohirova Osiyo, jamoaviy va aralash mashqlar bo‘yicha ikki karra kumush medal sohibasi bo‘ldi.
O‘q otish bo‘yicha 14-Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 11 ta kumush va 5 ta bronza medaliga egalik qildi.
Manba: O'zA