O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatning kelajakdagi rejalarini ishlab chiqish uchun aholini ro‘yxatga olish muhim

2021-09-20 | Jamiyat

Joriy yilning 17-sentyаbr kuni BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA), O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz aholisini ro‘yxatga olish masalalarini OAVda yoritish bo‘yicha jurnalist va bloggerlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Treningda aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishning ahamiyati va masalalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.Statistika davlat qo‘mitasining vakili O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishning huquqiy-me’yoriy asoslari va sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olish, bu – davlat miqyosida amalga oshiriladigan ishdir. Dunyo miqyosida mamlakatlarda muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979-yillarda  va so‘ngi marta 1989 yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilgan. Mustaqillikdan so‘ng respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023 yilda bo‘lib o‘tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi. Shuningdek, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish joriy yil 1-noyabrdan 25-noyabrgacha 4 ta hududda, Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahrida va Toshkent shahrining Yangiobod tumanlarida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkaziladigan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etib, unda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida ma’lumotlarni  to‘plashga yordam beradi. Bu ma’lumotlar ijtimoiy himoya, investitsiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarni tayyorlash va amalga oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarma boshlig‘i Q.Berdiqulovnig   so‘zlariga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish jarayonida mamlakatda istiqomat qilayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxat blankalarini internet orqali, statsionar ro‘yxatga olish uchastkasida yoki ro‘yxatga oluvchilar fuqarolarning yashash manziliga borgan hollarda to‘ldirish mumkin. Blankalarni to‘ldirishda hech qanday pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi. Aholini ro‘yxatga olish jarayonida fuqarolardan olingan barcha ma’lumotlar maxfiy bo‘lib, faqat statistika organlari tomonidan yig‘ma holda foydalanishi aytib o‘tildi.  

Shuningdek, seminar-trening davomida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazining media-treneri Nargis Qosimova, ishtirokchilarga interaktiv tarzda aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tayyorlanadigan materiallardagi asosiy tushunchalar bo‘yicha va faktcheking asoslari to‘g‘risida ma’lumotlarni ulashdi.  

Manba: O'zA

Поделиться