O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Futzalchilarimiz JCHda tarixiy g‘alabaga erishib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi

2021-09-20 | Sport

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ularga tabrik yo‘lladi. Shu kunlarda Litva davlatida davom etayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichini vakillarimiz ko‘tarinki ruhda yakunlashdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari 3-turda Afrika qitʼasi vakili Misrni 2-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu O‘zbekiston futzal terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ilk g‘alabasi sifatida tarixga muhrlandi.

O‘yinning 2-daqiqasida Husniddin Nishonov hisobni ochgan bo‘lsa, 1-bo‘lim oxirida Misr terma jamoasi hisobni tenglashtirdi. Ammo, 34-daqiqada Anasxon Rahmatov terma jamoamiz uchun tarixiy g‘alabani tortiq qilgan gol muallifiga aylandi. Shu tariqa jahon chempionatining “B” guruhida Rossiya terma jamoasi yuz foizlik natija qayd etgan bo‘lsa, O‘zbekiston, Gvatemala va Misr bir xil – 3tadan ochko jamg‘ardi. Faqat to‘plar nisbatidagi ustunlik vakillarimizni 2-o‘ringa olib chiqdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati futzalchilarimizga tabrik yo‘lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:

- Barcha futzalchilarimiz, murabbiylar shtabi, delegatsiya rahbari, tibbiy shtab, menejer, administrator va media mutaxassislari, shuningdek, jamoamizni Litvada qo‘llab-quvvatlayotgan hamda ekran orqali muxlislik qilayotgan barcha ishqibozlarni ushbu g‘alaba bilan O‘FA nomidan, qolaversa butun futbol jamoatchiligi nomidan tabriklaymiz! O‘zbek futboli va futzali uchun bu juda katta g‘alaba. Chunki jamoaviy sport turlarida ham eng yuqori darajadagi turnirlarda yuqori natijalar qayd eta olishimizga ishonch ortdi.

Eng muhimi, jamoalarimiz g‘alabasini sog‘inib yashaydigan muxlislarimizga bayram kayfiyati taqdim etildi. Futzal terma jamoamiz katta yo‘lni bosib o‘tdi, eng kuchlilar bilan raqobatlashdi, Ispaniya va Portugaliyada o‘tkazilgan yig‘inlarda tajriba to‘plab, tayyorgarlikni yuqori darajaga olib chiqdi. Albatta, biz keyingi bosqichda ham jamoamizga ishonamiz va omad tilaymiz! Futzalchilarimizning pley-off bosqichidagi raqibi amaldagi jahon chempioni Argentina yoki Osiyo futzali yetakchisi Eron terma jamoalaridan biri bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться