O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri sirdaryolik tadbirkorlar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi

2021-09-18 | Jamiyat

Bugun, 18-sentabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib, viloyatdagi nodavlat-notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish bilan yaqindan tanishmoqda.

Adliya vaziri xizmat safarini viloyatdagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan O‘zbekistonda eshitish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarni birlashtirib turivchi jamiyatning Sirdaryo viloyat bo‘limi vakillari bilan uchrashuvdan boshladi. 
 
Jamiyatning Sirdaryo viloyat bo‘limi eshitish qobiliyatida nuqsoni bor fuqarolarni birlashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 850 ta a'zosi mavjud.
 
Mazur jamiyatga a'zo bo‘lgan Komila Karimova 2017 yildan buyon zargarlik san'ati bo‘yicha turli xil zebu-ziynat mahsulotlarini yasash bilan shug‘ullanadi.
 
K. Karimova o‘z biznesini rivojlantirish, eshitish va gaplashishga nuqsoni bo‘lgan yoshlarni hunarga o‘rgatish maqsadida biznes reja ishlab chiqqanligini, agar unga pul mablag‘lari ajratilsa, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyati bor ekanligini aytib o‘tdi.
 
K. Karimovaning ushbu murojaati inobatga olinib unga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun Adliya vazirligi tomonidan amaliy yordam berilib, pul mablag‘lari ajratiladigan bo‘ldi.
 
Jamiyatning yana bir a'zosi a'zosi Saodat Yusupova 2010 yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. S. Yusupova ham o‘z tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun moddiy ko‘mak zarur ekanligini ma'lum qildi. Adliya vazirligi S. Yusupovaga 3 ta tikuv mashinasi xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi.
 
Shuningdek, Adliya vaziri xizmat safari davomida Guliston shahrida joylashgan Sirdaryo viloyati nogironlar jamiyatiga qarashli “Mashhura Sherzod” tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
 
Adliya vaziri viloyat nogironlar jamiyati rahbari M. Abduraimova bilan uchrashib, jamiyatdagi muammolarni o‘rgandi.
 
Mazkur jamiyat a'zosi 2-guruh nogironi Sh. Rahmonalieva Guliston tumanida yashaydi. Sh. Rahmonalieva qariyb ikki yildan ortiq muddat davomida Guliston shahriga 20 kilometrdan ortiq masofadan qatnab tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelishini va bu ma'lum darajada qiyinchilik tug‘diryotganligini aytib o‘tdi. 
 
Sh. Rahmonalieva o‘ziga tikuv mashinasi olish uchun pul mablag‘i ajratilsa, kelgusida o‘z uyida faoliyat ko‘rsatishi mumkinligi haqida murojaat qildi.  
 
Mazkur murojaatga ijobiy yechim topildi. Ya'ni Sh. Rahmonalievaga tikuv mashinasi ajratilishida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amaliy ko‘mak berilishi ma'lum qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться