O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish uchun ariza Yagona portal orqali qabul qilinadi
2021-09-17 | Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi qaroriga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati joriy etildi.
Shuningdek, Yagona portalda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan. Qayta rasmiylashtirishda – avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, texpasport (avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomasi) mulkdori yoki davlat raqam belgisi o‘zgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda BEPUL o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Shuningdek, oynalarni tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o‘zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1-oktabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, haydovchilarga yana bir ma’qul jihati, endi avtotransport oynasiga stiker majburiy ravishda yopishtirilmaydi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi