O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda “Mahorat maktabi, matonat maktabi bu!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

2021-09-17 | Jamiyat

Unda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, boy hayotiy tajribaga ega nuroniy otaxon-u onaxonlar, ziyolilar, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining g‘oliblari hamda yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, fidoyi yoshlar safini yana-da kengaytirish, ularning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga amaliy yordam berishdan iborat.

Davlat va jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligini taʼminlashda sog‘liqni saqlash, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat, ayniqsa sport sohalari muhim ahamiyat kasb etishi barchamizga yaxshi maʼlum.

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, yoshlarning sportda o‘z kuch va iqtidorlarini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda va ushbu yo‘nalishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, namangan viloyatidan Olimpiya o‘yinlarida 10 nafar, Paralimpiya o‘yinlarida esa 4 nafar sportchi ishtirok etib, oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.

Nufuzli sport musobaqalarida ishtirok etgan barcha sportchilar hamda ularning ustoz-murabbiylariga yana bir bor alohida minnatdorlik bildirildi.

“Mahorat maktabi, matonat maktabi bu!”. Xalqimizda “Otalar jasorati – yoshlarga ibrat” degan purmaʼno ibora bor. Bu bejiz aytilmagan, chunki ota-bobolarimiz azaldan vatanparvar, mehnatsevar, halol, fidoyi insonlarni, komil farzandlarni tarbiyalab, el xizmatiga qo‘shgan ahil va hamjihat oilalarni eʼzozlab, boshqalarni ulardan o‘rnak olishga daʼvat etib kelganlar”, – dedi viloyat rahbari.

Tadbirda Namangan viloyati hokimligi tomonidan chempion sportchilar, ularning ustozlari hamda ota-onalari taqdirlanishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться